O'zbekiston “Al-Vahda” bilan o'ynaydi

    Ertaga O'zbekiston milliy jamoasi Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi kerak edi.

    Ma'lumki, joriy yilning 21 yanvar kuni futbol bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi Yaponiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi kerak edi. Biroq epidemiologik vaziyat sababli ushbu o'yin qoldirildi. O'FA tomonidan jamoamiz uchun ushbu muddatga boshqa raqib topish ishlari olib borildi. Natijada, klublar bilan o'ynash variantlari yuzaga keldi.

    Xullas, mamlakatimiz terma jamoasi 23 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadigan bo'ldi. Bu uchrashuvdan maqsad yig'inga chaqirilgan bir qancha yosh futbolchilar, mahalliy klublar vakillariga milliy jamoada o'yin amaliyotini taqdim etish.

    Srechko Katanets shogirdlarining 2022 yilgi reja bo'yicha ikkinchi uchrashuvi – Yangi Zelandiyaga qarshi bahs 1 fevral kuni Dubayda o'tkaziladi.