Oʻzbekiston Angliyani yutib, chorak finalga yoʻllanma oldi

    Sport 22 Noyabr 2023 1712

    Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bugun U-17 Jahon chempionati nimchorak final uchrashuvini oʻtkazdi.

    Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari Indoneziyada oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida Angliyani turnirdan chiqarib yuborib, Oʻzbekiston tarixida ikkinchi marta turnirning chorak finalida oʻynaydigan boʻldi.

    Bungacha faqatgina Aleksey Yevstafeyev murabbiyligidagi oʻsmirlar 12 yil oldin – Meksika-2011da chorak finalgacha yetib kelgandi.

    Oʻzbekiston JCH-2023da 1/4 finalga chiqqan Osiyoning yagona jamoasi boʻldi.