“O'ZBEKISTON ARXITEKTURA EPIGRAFIKASI" LOYIHASI O'Z ISHINI BOSHLADI

    O'zbekiston madaniy merosini asrash, o'rganish va ommalashtirish bo'yicha butunjahon jamiyati 2010 yildan buyon Islom dunyosida misli ko'rilmagan "O'zbekiston arxitektura epigrafikasi" loyihasini amalga oshirmoqda.

    Ilk marotaba tarixiy yodgorliklar epigrafikasi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish va olingan ma'lumotlarni illyustratsiyali kitob-albomlar shaklida nashr etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

    Amalga oshirilayotgan ishlarning birinchi bosqichi ushbu turkumga oid Qoraqalpog'iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg'ona, Xorazm, Toshkent shahri va viloyatining me'moriy obidalaridagi epigrafik yozuvlarga bag'ishlangan o'zbek, rus, arab va ingliz tillarida 13 jildning va Samarqand shahrida joylashgan Registon va SHohi Zinda me'moriy majmualariga bag'ishlangan fotoalbomlarning nashr etilishi bilan yakunlandi. Barcha jildlar xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi. Tanaffusdan so'ng loyiha bo'yicha ishlar qayta tiklandi. Hozirda Xiva va Samarqand (Go'ri Amir) yodgorliklarida joylashgan yozuvlar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ikkita yangi jildni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

    O'zbekistonning me'moriy epigrafikasiga bag'ishlangan jami 25 ta kitob-al`bomni nashr etish rejalashtirilgan. YAqin kelajakda ilgari chop etilgan 13 ta kitob-al`bom qayta nashr etiladi. Loyiha doirasida Hindistonning Boburiylar me'morchiligi yodgorliklaridagi yozuvlar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan nashrni tayyorlash rejalashtirilgan. SHu yo'l bilan loyiha zamonaviy O'zbekiston chegaralarini kesib o'tdi. Kelajakda loyiha, Afg'oniston va eronga oid yodgorliklarini qamrab oladi.

    "O'zbekiston arxitektura epigrafikasi" turkumiga oid ikkita yangi kitob-al`bom, 13 ta yangilangan nashr 2021 yil sentyabr oyida bo'lib o'tadigan O'zbekiston madaniy merosini asrash, o'rganish va ommalashtirish bo'yicha butunjahon jamiyatining V kongressida namoyish etiladi.