Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yilda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Jumladan, yakunlangan yilda mamlakatimizga eng koʻp yengil avtomobil Xitoydan – 8 ming 880 ta olib kelingan. Undan keyingi davlatlar quyidagilar:
Koreya – 6 ming 472 ta
Rossiya – 4 ming 539 ta
Qozogʻiston – 4 ming 470 ta
Polsha – 1 ming 204 ta
AQSH – 490 ta
Litva – 428 ta
Tailand – 250 ta
Germaniya – 115 ta
Yaponiya – 97 ta.