4 ta federatsiya, jumladan, Oʻzbekiston boks federatsiyasi ham tashkilotning yangi aʼzosiga aylandi. Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston, Gvatemala hamda Laos yangi aʼzo sifatida qabul qilindi. Shu tariqa tashkilotga aʼzo boʻlgan federatsiyalar soni 55 taga yetdi.
“Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi yetakchilarning qoʻshilishi xalqaro tashkilotning Osiyodagi oʻrnini sezilarli darajada oshirdi”, — deb yoziladi tashkilot xabarida.
Maʼlumot uchun, World Boxing tashkilotida niderlandiyalik Boris van der Vorst prezident hisoblanadi. Tashkilotga hozirga qadar 44 ta mamlakat aʼzo boʻlgan.