Oʻzbekiston boks terma jamoasi Olimpiadalarda medal jamgʻarish reytingida yuqoriladi

    Sport 14 Avgust 2024 570

    Oʻzbekiston bokschilarining Olimpiadalardagi medallari soni 20 taga yetdi

    Oʻzbekiston boks milliy terma jamoasi Olimpiada oʻyinlarida medal jamgʻarish reytingida 7 oʻringa koʻtarildi.

    Parij-2024 Olimpiadasidan soʻng, Mustaqil Oʻzbekiston bokschilarining Olimpiadalardagi medallari soni 20 taga yetdi (10 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza).

    Oltin medal sohiblari:

    1. Sidney-2000. -63,5 kg: Muhammadqodir Abdullayev

    2. Rio-2016. -49 kg: Hasanboy Doʻsmatov

    3. Rio-2016. -52 kg: Shaxobiddin Zoirov

    4. Rio-2016. -64 kg: Fazliddin Gʻoipnazarov

    5. Tokio-2020. +92 kg: Bahodir Jalolov

    6. Parij-2024. -51 kg: Hasanboy Doʻsmatov

    7. Parij-2024. -57 kg: Abdumalik Xalokov

    8. Parij-2024. -71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

    9. Parij-2024. -92 kg: Lazizbek Mullojonov

    10. Parij-2024. +92 kg: Bahodir Jalolov

    Kumush medal sohiblari:

    1. Rio-2016. -69 kg: Shaxram Gʻiyosov

    2. Rio-2016. -75 kg: Bektemir Meliqoʻziyev

    Bronza medal sohiblari:

    1. Atlanta-1996. -71 kg: Karim Toʻlaganov

    2. Sidney-2000. -81 kg: Sergey Mihaylov

    3. Sidney-2000. +91 kg: Rustam Saidov

    4. Afina-2004. -54 kg: Bahodirjon Sultonov

    5. Afina-2004. -81 kg: Oʻtkirbek Haydarov

    6. Beijing-2008. -75 kg: Abbos Atoyev

    7. Rio-2016. -56 kg: Murodjon Ahmadaliyev

    8. Rio-2016. -91 kg: Rustam Toʻlaganov