Oʻzbekiston bolalar huquqlarini himoyalash boʻyicha butunjahon aksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi

    Mamlakatimizda 19 Noyabr 2020 2702

    20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni. Anʼanaga koʻra, 20-noyabr kuni koʻplab mamlakatlarda mavzuga doir tadbirlar oʻtkaziladi, unda ishtirokchilar nafaqat sohadagi yutuqlarni, balki kelajakda hal etilishi lozim boʻlgan keskin muammolarni ham qayd etadilar.

    Har yili butun dunyoda “Dunyoni koʻk rangga boʻyash” aksiyasi oʻtkazilmoqda, uning maqsadi jamoatchilik eʼtiborini bolalar huquqlarini taʼminlashning dolzarb masalalariga jalb qilishdir. Mamlakatlar umumiy gʻoyani qoʻllab-quvvatlab, diqqatga sazovor, markaziy joylarni yoritishni tashkil qilishadi.

    Ushbu aksiyaga Oʻzbekiston ham qoʻshiladi.

    19 va 20-noyabr kunlari soat 18:00dan boshlab 06:00gacha “Xalqlar doʻstligi” va “Turkiston” saroylari, “Poytaxt” biznes markazi, simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Milliy stadion, Hamid Olimjon maydonidagi 16 qavatli uylar, aeroport, shuningdek boshqa madaniy diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, sport tashkilotlari koʻk rangda tovlanadi.

    Samarqand, Buxoro va Xivaning tarixiy va zamonaviy majmualari ham koʻk rang — birdamlik va hamjihatlik rangiga kirib, xalqaro aksiyani qoʻllab-quvvatlaydi.

    Toshkent shahrida Jahon bolalar kuniga bagʻishlab koʻk rangda yoritiladigan binolar quyidagilar:

    Alisher Navoiy koʻchasida:

    Turkiston sanʼat saroyi

    Poytaxt biznes markazi

    Simpoziumlar saroyi

    Shedevr savdo markazi

    Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi

    Wyndham (Dedeman) mehmonxonasi

    UMS

    Markaziy pochta

    Ipoteka Bank

    Mustaqillik shox koʻchasida:

    Hamid Olimjon xiyobonidagi 16 qavatli uylar

    Hokimlik yonidagi bogʻ daraxtlari

    Inha universiteti va markaziy laboratoriya

    Amir Temur xiyobonida:

    PSB Bank

    Forumlar saroyi

    Xiyobondagi daraxtlar

    Amir Temur muzeyi

    Toshkent kurantlari

    Yuridik universiteti

    Aloqabank binosi

    Boshqa koʻchalarda:

    Badiiy akademiya qoʻrgazmalar zali

    Tarix muzeyi

    Alisher Navoiy nomidagi teatr

    Milliy (“Bunyodkor”) stadioni

    Xalqlar doʻstligi saroyi va bayroq

    Milliy olimpiya qoʻmitasi

    Paralimpiya qoʻmitasi

    Boks federatsiyasi

    Taekvondo federatsiyasi

    Hilton Tashkent City mehmonxonasi

    “Navroʻz” istirohat bogʻidagi aylanma charxpalak

    “Ashxobod” istirohat bogʻidagi aylanma charxpalak

    Toshkent aeroporti

    Videoanimatsiya uchun joylar:

    Oʻzbekiston mehmonxonasi

    Humo Arena

    Grand Mir mehmonxonasi yonidagi aylanma chorraha ekrani

    Sebzor chorraxasi, 9 qavatli bino tomidagi ekran

    Xalqlar doʻstligi chorrahasidagi katta ekran

    Oloy bozori yonidagi katta ekran

    Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida mashhur tarixiy va zamonaviy binolar yoritiladi.