Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Bosh konsullik maʼlumotlariga koʻra, 12-yanvar kuni Samara-Chimkent avtomobil yoʻlining 819-kilometrida Krasnodar-Sariagʻoch yoʻnalishida 31 nafar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan avtobus buzilib qolgan.
Toʻxtash sababi – qattiq sovuq tufayli dizel yoqilgʻisi muzlab qolgan. Aktoʻbe viloyati Xromtau tumani qutqaruvchilari tomonidan yoʻlovchilar Xromtau shahridagi Sherxan kempingiga olib ketilgan. Qurbonlar yoʻq, fuqarolar issiqlik bilan taʼminlangan.
Hozirda avtobusdagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻiston hududida ushbu noqulay ob-havo kunlarida qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarimiz mamlakatimizning Ostonadagi elchixonasi (+717 2954252), Olmaota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) shaharlaridagi bosh konsulliklariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.