Oʻzbekiston boʻyicha 24-26-noyabr kunlari kunlari kutilayotgan ob-havo maʼlum qilindi

    Yashil sayyora 24 Noyabr 2023 1169

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Havo haroratining asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 15-18 darajagacha koʻtariladi, shanba kuniga kelib 17-20 darajagacha, yakshanba kuni esa 20-23 darajagacha isiydi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

    Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bugun kunduzi baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

    Poytaxtimizda: 24-26-noyabr kunlari havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

    Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduzi 24-noyabrda 15-17 darajagacha, 25-noyabrda 16-18 daraja, 26-noyabrda 19-21 daraja atrofida boʻladi.