25-dekabr kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning ikkinchi yarmida havo 18-23 daraja iliqqacha isiydi. Bu dekabr oyining oxirgi haftasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.
Faqat respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, harorat 8-13 daraja iliqqacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
26-27-dekabr kunlari nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi.
26-dekabrda respublikaning barcha viloyatlari boʻyicha, 27-dekabrda markaziy viloyatlar va Fargʻona vodiysi boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.
28-dekabrda Oʻzbekiston boʻyicha ob-havo yogʻingarchilik boʻlishi va harorat biroz koʻtarilishi kutilmoqda, 29-dekabr kuni esa sovuq havoning yana bir qismi respublika hududiga kirib keladi.
Respublikaning barcha viloyatlarida yomgʻir yogʻishi va harorat kunduz kuni 5-10 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda yogʻingarchilik yomgʻir koʻrinishida yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi.
Baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: 25 va 28-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmayd.
26-27 va 29-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi.
Bugun kunduzi harorat 21-23 daraja iliq boʻladi.
26-27-dekabrda harorat kechalari 3-6 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
28-dekabrda kunduzi harorat 13-16 daraja iliqqacha koʻtariladi.
29-dekabrda harorat 5-8 daraja iliqqacha pasayadi.
26-27 va 29-dekabr kunlari shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.