Haftaning ikkinchi yarmida kunduzi havo 37-40 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 41-42 darajagacha isiydi. Bu iyun oyining oʻrtasi uchun ekstremal qiymatlar emas, ammo bu davrning iqlimiy qiymatlaridan yuqoridir.

Respublika hududi boʻyicha ushbu hafta davomida ob-havo asosan yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda 12-13-iyun kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

12-13-iyun kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda ushbu haftada havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13-iyunda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi 23-25 daraja, kunduzi 37-39 daraja boʻladi.