Mazkur tizimga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi.
Keshbek tizimi Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan bo‘lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.









