Uyushma delegatlari Rossiya tekstil va yengil sanoat innovatsion markazida boʻlib, uning faoliyati, charmsanoat sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar bilan tanishdi. Uchrashuvda hamkorlikda charm sanoati sohasida laboratoriya sinovlarini oʻtkazish, sohaga innovatsion yechimlarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash masalasida markaz imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollari koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonda charmsanoat tarmogʻida innovatsion texnopark yaratish masalasida markaz tajribasi oʻrganildi. Muloqotda mamlakatimizda mavjud boʻlmagan oʻlchashlarni joriy etishda amaliy va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan texnopark avvalo charm sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarga mahsulotlar sifatini sinovdan oʻtkazish, yangi modellarni yaratishda innovatsion ishlanmalarni taqdim etish, mutaxassislar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.
Koʻrgazma doirasida poyabzal uchun yelimlar va PU ishlab chiqaruvchi Rossiyaning “Shtark Chemicals” korxonasi bilan muzokara oʻtkazildi. Unda hozirda mamlakatimizga kirib kelayotgan ayrim turdagi yelim xom ashyosini yetkazib berish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.