Qayd etish kerak, MADE Italiya sanoatida raqamli korxonalarni barpo etish, sanoat uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash bilan shugʻullanadi. MADE — korxonalarning raqamli texnologiyalariga oʻtishida texnik maslahatchi vazifasini ham oʻtaydi. “Aqlli zavodlar”ni barpo etishda laboratoriya sanaladi. 2 500 kvadrat/metr maydondagi 90 dan ortiq oʻquv hamda kovorking markazlari korxona talablaridan kelib chiqib, individual “aqlli zavod”ni barpo etishga koʻmaklashadi.
Tashrif chogʻida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasiga sanoat korxonalariga koʻrsatiladigan xizmatlar haqida maʼlumot berildi. Xususan, sanoat korxonalarini loyihalash, moliyalashtirish, kadrlarni oʻqitish, ilm-fan yutuqlarini zavodda joriy etish boʻyicha amaliy ishlar taqdimoti oʻtkazildi.
Uyushma raisi muloqotda markaz rahbariyati bilan MADE 4.0 tajribasini Oʻzbekiston korxonalarida qoʻllash boʻyicha muzokara oʻtkazdi. Uchrashuvda eng avvalo markazning taʼlim yoʻnalishidan foydalanib, mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalasi koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari logistika sohasida ham MADE va bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.