“Oʻzbekiston“ chegara bojxona posti vaqtincha yopildi

    Shu yilning 6-noyabr kuni Fargʻona viloyati "Oʻzbekiston" chegara bojxona postida yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi.

    Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.

    Qirgʻiz Respublikasining “Kыzыl-Kiya“ chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Quvasoy shahrida joylashgan Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Oʻzbekiston“ chegara bojxona posti vaqtincha yopiladi.