Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karate WKF boʻyicha bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi hamda Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 nafardan ziyod iqtidorli karatechilar bahs olib borishdi. Uch kun davom etgan bahslarda oʻz omadlarini sinovdan oʻtkazgan karatechilar orasidan eng kuchlilari aniqlandi.
Musobaqa yakuniga koʻra turli nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar taqdirlanishdi.
Sanjar Maqsudov - 2020-yilning eng yaxshi hakami;
Xurshid Shodiyev - kata yoʻnalishida 2020-yilning eng yaxshi murabbiyi;
Ilhom Umarov - kumite yoʻnalishida 2020-yilning eng yaxshi murabbiyi;
Sofiya Kaspulatova - 2020-yilning eng yaxshi ayol murabbiyi;
Bekzod Turgʻunov - 2020-yilning eng yaxshi sportchisi;
Ruzanna Xolxodjayeva - 2020-yilning iqtidorli yosh sportchi qizi;
Bonu Egamberdiyeva - 2020-yilning eng yaxshi ayol sportchisi;
Asilbek Sagatov - 2020-yilning eng iqtidorli yosh sportchisi;
Nabijon Nuriddinov - 2020-yilning eng yaxshi yosh murabbiyi;
Boburshoh Hakimov - 2020-yilning umidli yosh sportchisi.
Quyidagi sportchilar sovrindorlar safidan joy oldi:
12-13 yoshli qizlar
1. Aziza Karimova (Qashqadaryo);
2. Mohinur Teshaboyeva (Toshkent vil);
3. Farangiz Mullajonova (Toshkent vil).
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar yakka kumite yoʻnalishida (-35kg)
1. Xudoynazar Toxirov (Xorazm);
2. Suhrob Saʼdullayev (Xorazm);
3. Ravshan Rahimov (Samarqand);
3. Abubakr Muhiddinov (Namangan).
12-13 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar (-40kg)
1. Sulaymon Egamberdiyev (Xorazm);
2. Samandar Safarov (Surxondaryo);
3. Muhammadamin Mirzahakimov (Andijon);
3. Siroj Allanazarov (Xorazm).
12-13 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar (-45kg):
1. Aziz Hasanov (Sirdaryo);
2. Nuriddin Rahimov (Samarqand);
3. Salohiddin Hamzayev (Surxondaryo);
3. Iskandar Abduvohidov (Surxondaryo).
Yakka kata yoʻnalishi
12-13 yoshli qizlar (Toshkent.vil)
1. S.Murodboyeva;
2. S.Turgʻunboyeva;
3. Sh.Yuldasheva;
4. M.Teshaboyeva.
Yakka kata yoʻnalishi
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar
1. Asadbek Azizov (Toshkent.vil);
2. Shahbozxon Abduvohidxonov (Toshkent.vil);
3. Nuriddin Rahimov (Samarqand).
Kata yoʻnalishi (jamoaviy)
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar
1. Toshkent viloyati
2. Andijon viloyati
3. Xorazm viloyati (5 nafar)
12-13 yoshli qizlar
1. Xorazm viloyati
2. Toshkent viloyati (6 nafar).
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Taʼkidlash kerak, joriy yildan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatlarida hududiy chempionat gʻolib va sovrindorlaridan tashkil topgan terma jamoalar ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan.