Spektakldan avval Abdulla Oripovning qizi Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Shuhrat Nasimov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi Farogʻat Xudoyqulova hamda teatr direktori Bahrom Usmonovlar soʻzga chiqib, teatrning bugungi kundagi ijodiy yutuqlari toʻgʻrisida soʻz yuritdilar.

Tomosha soʻnggida rollarni mahorat bilan ijro etgan aktyorlar hamda asar muallifiga esdalik sovgʻalari topshirildi, deb maʼlumot bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Oʻylaymizki, spektakl yurtdoshlarimiz tomonidan iliq kutib olinadi.