Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Garvard universitetida

    Fan 19 Sentabr 2024 525

    OʻzDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonova shu kunlarda AQSHning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston, Konnektikut, Binhemton universitetlarining Qiyosiy adabiyotshunoslik markazlarida malaka oshirmoqda.

    Tashrif davomida proffessor Gulnoza Xalliyeva rahbarligidagi “Komparativistika” elektron platformasini yaratish innovatsion loyihasi rejasi asosida mazkur universitetlarda Gulnoza Xalliyevaning oʻzbek, turk, rus, ingliz tillarida nashr etilgan “Qiyosiy adabiyotshunoslik” qoʻllanmalari, elektron platforma va yaqinda tashkil etilgan “Komparativistika” jurnalining ilmiy-pedagogik salohiyati borasidagi taqdimot boʻlib oʻtmoqda. Shuningdek, professor Gulnoza Xalliyeva “Qiyosiy adabiyotshunoslik“ fani metodologiyasi boʻyicha maʼruza oʻqib, oʻz bilim va koʻnikmalarini xorij universitetlari vakillari bilan boʻlishdi.

    — Boston universitetida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talabalar sharafiga universitet binosining yuqori qismiga yurtimiz bayrogʻi ilib qoʻyilgan. Bu har bir oʻzbek uchun oʻzgacha bir gʻurur hissini beradi, — deydi professor Gulnoza Xalliyeva.

    Mazkur xizmat safaridan koʻzlangan asosiy maqsad: Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida ham komparativistika markazini ochish va qiyosiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha olib borilayotgan ilmiy ishlar saviyasini jahon standartlari darajasiga olib chiqishdan iborat.

    Maʼlumot uchun: Ushbu xizmat safarida professor Gulnoza Xalliyeva va Feruza Mannonova American Comparative Literature Assosiation (ACLAga aʼzo boʻlishga muvaffaq boʻldi.