Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti boʻlim boshligʻi ushlandi

    4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti boʻlim boshligʻi — 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi masʼul kotibi A.Oʻ. fuqaro J.S.ni ushbu institutga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.