Madaniy tadbirda Bashakshehir tuman hokimi Yasin Karto'g'li, "TURKSOY" Bosh kotibi o'rinbosari Bilol Chakiji, Turkiya madaniyat vazirligi vakillari va boshqalar mehmon sifatida hozir bo'ldilar.

O'zbekiston davlat simfonik orkestr tomonidan o'zbek, turk, frantsuz, ital`yan, qozoq, ozori, tojik tillarida ijro etilgan mumtoz va milliy asarlar tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi. Turkiyalik san'at ixlosmandlari o'zbek sozanda va xonandalarining ijrosini yuqori baholashdi. 

 Tadbir doirasida mamlakatimiz Bosh konsullligi tomonidan O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'rida taqdimot ham o'tkazildi.  

Bashakshehir tumani hokimi Yasin Karto'g'li kontsert dasturi yakunida  o'zbekistonlik san'at ustalariga o'z minnatdorligini bildirdi. "Men O'zbekistonga borishni bir necha yillardan beri orzu qilib kelaman. Bugungi kontsert dasturi davomida ijro etilgan san'at asarlarini tinglab, bu niyatimni yaqin vaqt ichida amalga oshirishga ahd qildim.  O'zbek san'ati va sazandalarining mahorati meni lol qoldirdi. Fursatdan foydalanib, ularga alohida minnatdorlik bildiraman", dedi u.