Ushbu loyiha doirasida kelasi yili 18 nafar magistraturada va 1 nafar doktoranturada vazirlik va idoralar vakillari oʻqib kelishi mumkin boʻladi.

Taʼkidlanishicha, loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston kelajagiga masʼul kadrlarga mamlakat taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan kasbiy bilimlarni egallash hamda uni rivojlantirishga hissa qoʻshish imkonini beradi.

Tomonlar ushbu kelishuv Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga hissa qoʻshishini taʼkidlashdi.

Vazirlik bergan maʼlumotiga koʻra, mazkur loyiha Yaponiya hukumati tomonidan 20 yildan ortiq vaqt mobaynida moliyalashtirilmoqda. Loyiha doirasida Yaponiyaning taniqli universitetlarida 390 nafar Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayni paytdagi bosqichida mamlakat taraqqiyotiga eng katta hissa qoʻshayotgan vazirlik va idoralar vakillari tahsil olish imkoniga ega boʻldi.

Ularning barchasi Oʻzbekistonga magistrlik va doktorlik darajasi bilan qaytib, hozirda xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelmoqda.