O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga jo‘nab ketdi

    Bugun mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari ikki davlat o‘rtasida chegaraoldi savdo-iqtisodiy hamkorlik Qo‘shma komissiyasining to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi. 

    Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

    Tashrif dasturidan chegara xavfsizligi, investitsiyalar, oʻzaro savdo, energetika, xalqaro yuk tashish, tranzit, ekologiya muammolari, shuningdek, taʼlim va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish oʻrin olgan.