Oʻzbekiston delegatsiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlariga boradi

    Xalqaro hamkorlik 12 Dekabr 2022 1261

    2022-yilning 12-14-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyasi Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyuradi.

    Vashington shahrida delegatsiya Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etadi.

    Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken hamda AQShning boshqa rasmiylari bilan muzokaralar oʻtkazadi.