Oʻzbekiston delegatsiyasi Barqaror rivojlanish boʻyicha parlament komissiyasining kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi

    Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi K. Burxanov boshchiligidagi Oliy Majlis Senati delegatsiyasi Ostonada Qozogʻiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ijrosini monitoring qilish boʻyicha parlament komissiyasining “Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish: parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining roli” mavzusida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan majlisida ishtirok etdi.

    Tadbirda mintaqa mamlakatlarining barqaror rivojlanishini taʼminlashda parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining oʻrni muhokama etildi.

    Majlisda mintaqa mamlakatlarining barqaror taraqqiyotini taʼminlashda parlamentlar va mahalliy vakillik organlarining roli muhokama etildi. Iqlim oʻzgarishi, suv resurslari taqchilligi, choʻllanish kabi ekologik xavf-xatarlar, suv va energetika xavfsizligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻzbekistonda Milliy BRM ijrosi, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasining faollik koʻrsatayotganiga alohida urgʻu berildi.

    Ishtirokchilar Oʻzbekiston global ustuvorliklarni milliy kun tartibiga integratsiyalashda namuna boʻlayotganini taʼkidladi.

    Majlis doirasida iqlim oʻzgarishi, suv resurslari tanqisligi, choʻllanish kabi ekologik tahdidlarga, shuningdek, suv va energetika xavfsizligi masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

    Majlis yakunlari boʻyicha mintaqa mamlakatlarining hamjihatlikda, keng qamrovli va muvozanatli rivojlanishiga erishish uchun parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha kelishuvga erishildi. Bunda mahalliy hokimiyat vakillik organlarining muhim roliga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.