«Bugun Doha shahrida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Favqulodda arab-islom sammiti ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatini yetkazdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida. – Prezidentimiz bayonotida birodar Qatar xalqi va barcha musulmon mamlakatlari bilan mustahkam birdamligini qayt etib, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan soʻnggi harbiy tajovuzni keskin qoraladi.

Oʻzbekiston oʻzining qatʼiy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi:

Barcha mojarolar tinch yoʻl va diplomatiya yordamida hal qilinishi lozim;

Xalqaro hamjamiyat zoʻravonlikni toʻxtatish va vaziyatning yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun shoshilinch choralar koʻrishi zarur;

BMT qarorlariga muvofiq Falastin xalqining mustaqil davlat tuzish boʻyicha qonuniy huquqi hurmat qilinishi shart;

Oʻzbekiston jabrlanganlarga gumanitar yordam koʻrsatishga tayyor, bu allaqachon mamlakatimizda falastinlik fuqarolarning bir guruhini qabul qilish va qoʻllab-quvvatlash orqali namoyon boʻldi.

Sammit mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida birlikni namoyish etish va samarali qoʻshma qarorlar ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini oʻtaydi«.