Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Eron Savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi Prezidenti Gʻulomhusayn Shofeiy bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida biznesni rivojlantirish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.