O‘zbekiston Kinematografiya agentligidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, festivalda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov, prodyuser Otabek Xo‘jayev, Kinochilar uyi direktori Lazizbek Temirov qatnashmoqda.

 Hindistondagi ushbu nufuzli kino festivalida qatnashishdan asosiy maqsad o‘zaro tajriba almashish, hind kino sanoati bilan yaqindan tanishish, kinoteatrlar, kinozallar faoliyatini o‘rganishdan iborat.

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Goaning eng katta kinoteatrlariga ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik kinoijodkorlar xalqaro kinofestivalning kinobozori bilan ham yaqindan tanishdi.

Goa kinofestivalida «Film Bazaar» yo‘nalishi alohida ahamiyatga ega. Amaliy safar davomida ko‘plab filmlar prokati, o‘zaro almashuv va keng qamrovli hamkorlik yuzasidan kelishuvlar ko‘zda tutilmoqda.