Oʻzbekiston delegatsiyasi Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashdi

    Eron poytaxti Tehron shahrida marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va boshqa yuqori martabali mulozimlarning vidolashuv marosimida ishtirok etdi.

    "Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov janoblari bilan birgalikda Eronning marhum Prezidenti Ibrohim Raisiy Janobi Oliylari, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon janoblari va boshqa yuqori martabali mulozimlari bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bordik.

    Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari nomidan Eron xalqi bilan birdamligimizni va chuqur hamdardligimizni izhor qildik", deydi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov oʻzining telegramdagi sahifasida.