Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xabar qildi.
Oʻzbekiston delegatsiya Iordaniya mamlakatida xizmat safari bilan boʻlib turibdi.
Delegatsiya aʼzolari va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn oʻrtasida oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sardor Umrzoqov hamda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov ishtirok etdi.
Uchrashuvda Prezident maslahatchisi Sardor Umrzoqov Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Janobi Oliylariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi. Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida hamkorlik aloqalarida yangi davr boshlanganini eʼtirof qildi.
Oʻz navbatida Podshoh Abdulla II ibn al-Husayn Iordaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi mustahkam doʻstlikni yuqori baholab, hamkorlikni davom ettirish va mavjud oʻsish imkoniyatlaridan, xususan, savdo, sarmoya, sogʻliqni saqlash, taʼlim va turizm sohalarida foydalanish zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari kun davomida Qirol hazratlarining Din va madaniyat masalalari boʻyicha bosh maslahatchisi, shahzoda Amir Gʻoziy, Vaqf islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad al-Halayala, Iordaniya bosh muftiysi Ahmad al-Hasanot hamda Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy bilan ham uchrashuvlar oʻtkazdi.
