TIV maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida Afgʻoniston Bosh vazirining oʻrinbosarlari – Mulla Abdul Gʻani Barodar va Abdusalom Hanafiy bilan alohida muzokaralar oʻtkazildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollarini, shuningdek, Afgʻoniston hududida energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida Oʻzbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan turli infratuzilma loyihalarini muhokama qildi.
Afgʻoniston tomoni Oʻzbekiston rahbariyatiga mamlakatga koʻrsatilayotgan insonparvarlik yordami, shuningdek, milliy iqtisodiyotni tiklash borasidagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.