6-9 dekabr kunlari Misrning yangi maʼmuriy poytaxtida 49 ta davlat ishtirokida Islom olami fan, taʼlim va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) Ijroiya kengashining 42-sessiyasi va ICESCO Bosh konferensiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, Xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda mamlakatimiz diplomatiya vakolatxonasi vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi doirasida Qohira shahridagi elchixonamiz tomonidan ushbu mamlakatda tahsil olayotgan yuzlab vatandoshlarimiz bilan “ochiq muloqot” o‘tkazildi, bundan tashqari 7 dekabr kuni “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbariyati bilan ham uchrashuv tashkil etilmoqda.
Tashrif davomida ICESCO Bosh kotibi va xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.