Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiylari Qozon shahriga yetib bordi

    Sport 21 Fevral 2024 1066

    Rossiya mezbonlik qilayotgan I “Kelajak oʻyinlari” musobaqasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Qozon shahriga yetib bordi.

    Delegatsiyaga Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov rahbarlik qiladi.

    Rasmiylar bellashuvlar oʻtkazilayotgan maydonlarni koʻzdan kechirib, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

    Ularga Oʻzbekiston fijital sport federatsiyasi raisi Oleg Pekos hamrohlik qildi. Mutasaddilar fijital-xokkey bahslari oʻtkazilayotgan “Tatneft arena”da boʻlib, oʻyinlar qanday kechayotganiga shaxsan guvoh boʻldi. Qayd etish joiz, ushbu sport turida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Feniks” jamoasi bugun mezbon “Ak Bars” bilan bahs olib boradi. Oʻz navbatida, Adham Ikramov boʻlajak bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilab oʻtdi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da I “Kelajak oʻyinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boshlanishi eslatiladi.