Abdulloh Ol Shayx Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va ahamiyatiga yuqori baho berar ekan, ular mamlakatning bardavom taraqqiyotini taʼminlash va aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan jarayonlardagi muhim qadam ekanligini taʼkidladi.
Suhbat davomida ikki davlat oʻrtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalarining joriy holati va istiqbollari, xususan, parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, oʻzaro oʻzaro tashriflar koʻlamlarini kengaytirish hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda tajriba almashish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, keng qamrovli oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan yaqindan tanishgan uchrashuvning saudiyalik ishtirokchilari Oʻzbekistondagi islohotlar jarayoniga yuqori baho berishgani barobarida ularning yaqin istiqbolda nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki mintaqa xalqlarining ham farovonligi ravnaqiga xizmat qilishini taʼkidlashdi.
Abdulloh Ol Shayx Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishda parlamentlararo muloqotlarning muhim oʻrnini qayd etar ekan, bu yoʻnalishdagi hamkorlik munosabatlari yanada rivojlanishi uchun oʻz saʼy-harakatlarini ayamasligini maʼlum qildi.