Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga “Umra” safarini hal etish uchun joʻnab ketdi

    Ijtimoiy hayot 1 Dekabr 2021 2623

    2021-yil 1-dekabr kuni erta tongda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, safar davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Transport boshqarmasi, xizmat koʻrsatuvchi shirkatlar, banklar rahbarlari hamda Makkai mukarrama amiri bilan ulugʻ ibodatlarni ado etish yuzasidan muhim kelishuvlar amalga oshiriladi.

    “Ayni kunlarda yurtimiz moʻmin-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot choralari ham yumshab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar”, deyiladi xabarda.