Delegatsiya tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tatariston neft-kimyo forumi Rossiya neft va gaz sanoatining eng yirik xalqaro tadbirlaridan biri hisoblanib, unda Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forum bir qator yoʻnalishlarini oʻz ichiga oladi, ular orasida eng muhimlaridan biri iqtisodiyotning dekarbonlashuvi energetika tizimlarining rivojlanish istiqboli sifatida vodorod energiyasi hisoblanadi.
Ushbu dolzarb mavzu muhokamasi forum doirasida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada boʻlib oʻtdi. Uning ishtirokchilari vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro va milliy tajribasini muhokama qiladilar, shu jumladan Oʻzbekiston bu boradagi yutuqlari va rejalarini taqdim etdi.
Mavzu doirasida ekspertlar Yevropa Ittifoqining dekarbonizatsiya haqidagi qarorini ham muhokama qildi.
Forum ishtirokchilari shuningdek, “Barqaror energiya neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalarini rivojlantirish drayveri sifatida” mavzusida davra suhbati oʻtkazishga katta qiziqish bildirdi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.