Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasidan maʼlum qilinishicha, Tehron xalqaro aeroportida Oʻzbekiston delegatsiyasini Eron Islomiy Kengash Majlisining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi B.Rahimiy kutib oldi.
Eron Islomiy Kengash Majlisining qoʻmita raisi Oʻzbekiston delegatsiyasini Eronga tashrifi bilan qutlar ekan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining ushbu siyosiy tadbirda ishtiroki ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va rivojlantirishga katta hissa qoʻshajagini bildirdi.
B.Rahimiyning aytishicha, Oʻzbekistonda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda yuz berayotgan katta oʻzgarishlar Eron siyosiy doiralari, ayniqsa parlamenti vakillari tomonidan yuqori baholanmoqda. Eron parlamenti vakili Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv va ochiq tashqi siyosatni eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bugun yangi saylangan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy tomonidan qabul qilinadi.
Eron Prezidentining inauguratsiya marosimida 73ta davlatdan 115 nafar oliy va yuqori martabali mehmonlar boshchiligidagi delegatsiyalarning ishtirok etishi kutilmoqda.