Delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan sportchilar “Qozon 2021” Birinchi MDH o‘yinlarida ishtirok etadi.
Ta’kidlash joizki, birinchi delegatsiya 31-avgust kuni Tataristonga yetib borgan bo‘lib, ayni damda dastlabki bellashuvlarda ishtirok etmoqda.
4-sentabr holatiga ko‘ra, Birinchi MDH o‘yinlarida O‘zbekiston yunon-rum kurashi bo‘yicha 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Ayni damda MDH davlatlari o‘yinlarida erkin kurash bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Kechqurun “Qozon 2021” musobaqalarining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.