O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi natijasi e’tirof etildi

    Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlaridan so‘ng bir qator xalqaro tashkilotlar musobaqa yakuni bo‘yicha o‘z yo‘nalishlaridagi tahlillarni e’lon qilmoqda.

    Islom birdamligi sport federatsiyasi ushbu tashkilotga a’zo mamlakatlarning natijalarini e’lon qildi va unda O‘zbekiston delegatsiyasi birinchi o‘rinda deya baholandi.

    Shuningdek, kuchli uchlikdan Eron va Bahrayn delegatsiyalari ham o‘rin egallagan.

    Ma’lumot o‘rnida: hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, jami 71 ta medal jamg‘arib, medallar soni va sifati bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.