Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida MDH bosh kotibining oʻrinbosari, Oʻzbekiston diplomati Ilhom Toʻychiyevich Neʼmatovni Rossiya Federatsiyasining “Drujba“ (“Doʻstlik“) ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ilhom Neʼmatovning MDHni rivojlantirishdagi xizmatlarini, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyati davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasini qayd etib, mukofotni topshirdi.