O'zbekiston diplomatlari Chonan shahri qamoqxonasidagi fuqarolarimiz holidan xabar oldilar

    Voqea-hodisalar 18 Mart 2023 1131

    O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi xodimlari Chonan axloq tuzatish muassasasida bo'lib, huquqbuzarlikda ayblangan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi.

    Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan fuqarolarga huquqiy masalalarda maslahatlar hamda advokat yollash va zarur holatlarda elchixonaga murojaat qilish bo'yicha tavsiyalar berildi.

    Muassasada jazo o'tayotgan va gumon bilan ushlab turilganlar uchun yaratilgan yashash sharoitlar, madaniy-ma'rifiy sohalarda taqdim etilayotgan dasturlar bilan tanishildi.

    Fuqarolarimiz elchixona konsullik bo'limi xodimlariga ular tomonidan ko'rsatilgan huquqiy va boshqa amaliy yordamlar uchun minnatdorlik bildirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.