Davra suhbati chog‘ida vatandoshlarimizga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida barcha sohalarda olib borilayotgan keng islohotlar, mamlakatimizdagi bag‘rikenglik, tinchlik, yoshlarga, jumladan, «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining mazmun-mohiyati hamda hozirgi kunda O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda ishlayotgan fuqarolarimizning haq-huquqlarini himoya qilishga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatanimiz atrofida yana-da jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish – O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri ekanligi alohida taʼkidlandi.
Suhbat yakunida vatandoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.









