Ushbu hodisa natijasida reys yoʻlovchilari, jumladan, uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi tan jarohatlari olgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Oʻzbekiston diplomatlari jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun yetkazilgan 4-sonli shahar klinik shifoxonasida boʻldi.
Bosh konsulxona maʼlumotiga koʻra, 12 yoshli vatandoshimizning hech qanday shikoyati yoʻq va unga uyiga borishga ruxsat berilgan. Uning onasi ham shifokorlar koʻrigidan oʻtib, yashash joyiga ketgan.
Qoʻlidan yengil jarohat olgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi ham vaqtinchalik yashash joyiga joʻnab ketdi.
“Air Astana” vakillarining aytishicha, Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan barcha dori-darmonlar aviakompaniya hisobidan xarid qilingan.
Bosh konsulxona xodimlari jabrlangan yurtdoshlarimiz bilan zarur konsullik va huquqiy yordam koʻrsatish uchun doimiy aloqada boʻlib turibdi.