2022-yilning so'nggi kunlarida Malikov Yorqin Erkinjonovich O'zbekiston Eksportchilari uyushmasiga rais etib tayinlandi. U shu kunga qadar O'zbekiston Eksportchilari uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Yorqin Malikov 1987-yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati — o'zbek. Ma'lumoti — oliy.

Yorqin Erkinjonovich 2010—2018-yillar davomida “Evro Star Trade” oilaviy korxonasi direktori o'rinbosari bo'lib ishlagan. 2018-yildan hozirga qadar  “Prime Holding” MCHJ direktori, 2019-yildan O'zbekiston Eksportchilari uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari, 2021-yildan  O'zbekiston biznesni  rivojlantirish uyushmasi raisi, 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Tadbirkorlar uyushmasi raisi, shu bilan birga, Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Yorqinjon Malikov ish faoliyati davomida mamlakatimiz tadbirkorlaridan iborat 30 ga yaqin delegatsiya tashriflarini amalga oshirgan. Xususan, mahalliy tadbirkorlarning Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkiya kabi davlatlarda tashkil etilgan yirik xalqaro ko'rgazmalar, biznes-forumlarda ishtirok etishiga bosh bo'lgan.

Bundan tashqari, Yorqinjon Erkinjonovich ko'plab biznes forumlar, B2B uchrashuvlar va konferentsiyalarni ham tashkil etgan. Uning tashabbusi bilan qirg'iz, tojik, afg'on, rus, turk, eronlik 500 ga yaqin tadbirkorlar mamlakatimizga tashrif buyurib, mahalliy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashgan. Ushbu uchrashuvlar natijasida O'zbekistonda 30 ga yaqin qo'shma korxonaning faoliyati muvaffaqiyatli tarzda yo'lga qo'yilgan.