Uchrashuvda taʼlim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilindi.
“Silicon Slopes” texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar oʻrnatishga katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taklif qildik. Ishonchim komilki, bu mustahkam va oʻzaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining Telegram sahifasida.