O‘zbekiston eksportida pasayish kuzatildi

    O‘zbekiston eksporti 2023 yilning birinchi choragida 5,7 mlrd dollarni tashkil qilib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 2,6 foizga pasaydi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi. 

    O‘zbekiston yanvar—mart oylarida 2,4 mlrd dollarlik oltin sotdi.

    Bu umumiy eksportning 42,4 foizi degani. Mart oyida oltin narxlari rekord darajada yuqoriladi va bu mamlakat uchun 1,2 mlrd dollarlik qimmatbaho metall sotishga turtki bo‘ldi (yanvarda ham 1,2 mlrd dollarlik oltin sotilgan, fevralda sotilmagan).

    Shunga qaramay, oltin eksporti 2022 yilning mos davriga nisbatan 560 mln dollarga kamaygan.