Marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati boʻlib oʻtdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu masʼuliyatli faoliyati Avstriya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.