Rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Eron Prezidenti soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport, energetika, suv va qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar sohalarida har tomonlama izchil rivojlanib, yangi darajaga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston-Eron yetakchilarining siyosiy irodasi, samarali saʼy-harakatlari hamda oliy darajadagi muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlantirishga kuchli surʼat bagʻishlagani taʼkidlandi.

Eron Prezidenti Oʻzbekiston elchisiga masʼuliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.