52 yoshli Nodir Gʻaniyev Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab kelmoqda. Dastlab markaziy apparatda, soʻngra xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimizda turli lavozimlarda xizmat qilgan.
Xususan, Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Parijga borishidan oldin dastlab Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili, 2023-yil oktyabr oyidan esa birinchi Favqulodda va muxtor elchisi edi. Stokgolmdagi elchixonamiz 2022-yil ochilgan.
Mamlakatimizning Fransiyadagi diplomatik missiyasi avvalgi rahbari Sardor Rustamboyev yanvar oyida Hindistonga elchi etib tayinlangan.