Oʻzbekiston elchixonasi Rossiya hududida boʻlib turgan yurtdoshlarimizni ogohlantiradi

    Dolzarb 10 Avgust 2022 3565

    Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yurtdoshlarimizni xorijiy davlatlar hududida koʻngilli batalyonlar tuzish va yoki harbiy harakatlarda qatnashish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantirdi.

    “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida koʻngilli batalyonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda qatnashish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganidan ogohlantiradi, — deyiladi elchixonaning rasmiy saytida eʼlon qilingan maxsus press-relizda. — Diplomatik missiya Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga (“yollanish”) koʻra, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanish jinoyat hisoblanishini maʼlum qiladi. Ushbu harakatni sodir etganlik uchun oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jazo belgilangan.

    Elchixona Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi boʻyicha sodir etilgan noqonuniy qilmish toʻgʻrisida xolis axborot mavjud boʻlgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi.

    Elchixona yurtdoshlarimizni provokatsiyalarga berilmaslikka, ehtiyotkorlik bilan ish koʻrishga chaqiradi”, deb xabar beradi “Dunyo” АА.