Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mebel mahsulotlari importi oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan qariyb 16,5 million dollarga koʻpaydi.
Mamlakatimiz Koreya Respublikasi (10 million dollar), Turkiya (9,9 million dollar), Xitoy (7,6 million dollar), Rossiya (2,5 million dollar), Italiya (761 ming dollar), Ukraina (419 ming dollar), Belarus (373 ming dollar), Polsha (370 ming dollar), Germaniya (197 ming dollar) va Ispaniya (63,4 ming dollar) singari mamlakatlardan mebel mahsulotlarini xarid qilgan.
Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida dunyoning 14 mamlakatidan 1,6 million dollar miqdoridagi mebel mahsulotlarini sotib olgan.